Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan Turan Security (Kiberxavfsi…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan Turan Security (Kiberxavfsizlik mutaxassislari) o'rt…

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad – kiberxavfsizlik ta’lim jarayoni bilan amaliy faoliyatni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Memorandum doirasida talabalar va kursantlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliyot va stajirovkalar tashkil etish ko‘zda tutiladi. Bu esa talab ava kursantlarga real ish muhitida tajriba orttirish, zamonaviy texnologiyalar va real kiberxavflar bilan bevosita ishlash imkonini beradi hamda ularning kasbiy salohiyatini oshiradi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi. Bu ilmiy salohiyatni oshirish bilan birga amaliy yechimlar yaratishga xizmat qiladi. Memorandum mutaxassislar almashinuvini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Jumladan, firma mutaxassislarining universitetda ma’ruza, seminar va treninglar o‘tkazishi, shuningdek professor-o‘qituvchilarning amaliy tajribasini oshirishi ko‘zda tutiladi. Bu jarayon bilim va tajriba almashuvini kuchaytiradi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, seminarlar, treninglar, musobaqalar va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish rejalashtiriladi. Bu yoshlar orasida axborot xavfsizligi bo‘yicha ong va mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: Turan Security — O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida xalqaro miqyosda tan olingan, chuqur bilim va amaliy tajribaga ega mutaxassislardan iborat professional kiberxavfsizlik kompaniyasidir.

Kompaniya axborot resurslari va infratuzilmalarni xakerlik hujumlaridan himoya qilish, kiberxavfsizlik tizimlarini o'rnatish, shuningdek veb va mobil ilovalar, ma’lumotlar bazalari hamda korporativ tizimlarda xavfsizlik tekshiruvlari va audit xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Turan Security jamoasi 50 dan ortiq xalqaro darajada tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lib, bu kompaniyaning texnik salohiyati va professional darajasini tasdiqlaydi.

O‘zbekistondagi yirik loyihalardan tashqari, Turan Security mutaxassislari NASA, Google, NVIDIA, Amazon, Toyota, Alibaba kabi dunyoning eng yirik va texnologik jihatdan murakkab kompaniyalarida yuqori darajadagi zaifliklarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Shuningdek, 2025-yil davomida 10 ga yaqin yangi CVE aniqlanib, xalqaro axborot xavfsizligi hamjamiyatida e’tirof etilgan.

Turan Security jamoasi ketma-ket ikki yil CSS 2024 va CSS 2025 (Cyber Security Summit, Toshkent) doirasida o‘tkazilgan CTF (Capture The Flag) musobaqalarida 1-o‘rinni egallagan.

Bundan tashqari, jamoa: BlackHat MEA 2025 Final CTF (Saudiya Arabistoni), Cyber Ordo CTF (Qirg‘iziston Respublikasi), KazHackStan 2025 doirasidagi CyberKumbez CTF musobaqalarida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan.

Kompaniya mutaxassislari o‘z tajriba va bilimlarini xalqaro maydonda namoyish etib kelmoqda. BlackHat Europe, GISEC Global Dubai,  HackTrick Ankara, Kazhackstan Almaty,  Positive Hack Days kabi kiberxavfsizlik konferensiyalarida ishtirok etgan:

3234
Chop etish
Text to speech