Jamoat xavfsizligi universiteti O‘quv-uslubiy situatsion markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli Qaroriga muvofiq 2026-yil 12-13-fevral kunlarida kibersport “Counter Strike 2” turi bo‘yicha turnirni tashkil etilgan va ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnir o‘tkazilishidan maqsad - jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, kursantlar va talabalar uyushmalarini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda О‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida kibersportni ommalashtirish ishlarini yanada kengaytirish.
Bu turnirda quydagi oliy harbiy ta’lim muassasilari ishtirok etishmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti;
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisod va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Akademiyasi.
Barcha turnir qatnashchilariga omad tilaymiz!