“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KIBERXAVFSIZLIGI SOHASIDA MALAKA OSHIRISH O‘QUV YIG‘INI TASHKI…

“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KIBERXAVFSIZLIGI SOHASIDA MALAKA OSHIRISH O‘QUV YIG‘INI TASHKIL ETILDI”

Joriy yilning 29-sentabrdan 18-oktabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik mutaxassislari faoliyati kurslari” doirasida Milliy gvardiya va IIV huzuridagi Qo‘riqlash departmenti harbiy xizmatchi, xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv yig‘ini muvaffaqiyatli tashkil etildi.

O‘quv yig‘in davomida Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari. Axborotning kriptografik himoyasi, Tarmoq protokollari va aloqa o‘rnatish jarayonlari, Qurilmalarni masofadan turib boshqarish sozlamalari (Telnet, SSH), Virtual Lokal tarmoqlar (VLAN), Simsiz lokal tarmoqlar (Wireless LANs), NAT texnologiyasi va Jamoat xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt vositalari va katta hajmli ma’lumotar (BigData)dan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulot olib borildi.

O‘quv yig‘inida tinglovchilar uchun nazariy mashg‘ulotlar, amaliy treninglar, hamda innovatsion axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, soha bo‘yicha yetakchi ekspertlar va ilmiy xodimlar tomonidan zamonaviy kiberxavfsizlik yechimlari, axborot tizimlarini himoya qilish usullari, hamda raqamli transformatsiya jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari haqida ma’ruzalar o‘qildi.

O‘quv jarayonida sun’iy intellektdan foydalangan holda tahlil va monitoring tizimlari, axborot infratuzilmasini himoya qilish strategiyalari, hamda Axborot xavfsizlikni mustahkamlashda axborot texnologiyalarining o‘rni kabi dolzarb masalalarni o‘rgandilar.

O‘quv dasturi yakunida tinglovchilar malaka oshirish kursini hamda Cisco Networking Academy dasturi orqali “Ethical Hacker” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani uchun tegishli xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur o‘quv yig‘ini axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, kiberxavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash, va zamonaviy tahdidlarga qarshi samarali choralar ko‘rish borasida muhim qadam bo‘ldi.

1664
Chop etish
Text to speech