Jamoat xavfsizligi universitetida qozogʻistonlik kursantlar uchun akademik mobillik kursi …

Jamoat xavfsizligi universitetida qozogʻistonlik kursantlar uchun akademik mobillik kursi tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi PQ-352-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Qozogʻiston Respublikasi IIV Karagʻandi akademiyasi kursantlari uchun akademik mobillik kursi tashkil etildi. Akademik mobillik kursi davomida qozogʻistonlik kursantlarga Jamoat xavfsizligini ta'minlash, Jismoniy tayyorgarlik va sport, Qoʻriqlashni muhandislik-texnik ta'minlash, Maxsus-taktik tayyorgarlik, Jinoiy-huquqiy fanlar, Oʻq otish tayyorgarligi, Axborot texnologiyalari, Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta'minlash hamda Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedralari tomonidan namunali mashgʻulotlar oʻtkazildi. Qozogʻistonlik kursantlar, ayniqsa, Maxsus-taktik tayyorgarlik, Jismoniy tayyorgarlik, Yuqori jadallikdagi funksional mashqlar, Harbiy-amaliy suzish, Kavaleriya tayyorgarligi, Kriminalistika, Psixologiya, Markaziy Osiyo tarixi kabi fanlar yuqori darajada taassurot qoldirganligini ma'lum qildilar. Akademik mobillik kursi davomida Qaragʻandi akademiyasi kursantlari uchun Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar, mehmonlar sharafiga Universitet orkestri va badiiy jamoatlari konserti, Samarqand shahriga sayohat, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari bilan milliy taomlar tayyorlash, badiiy kechalar kabi madaniy-koʻngilochar tadbirlar ham tashkil etildi. Mashgʻulotlar, tadbirlar va ekskursiyalar davomida delegatsiya a'zolariga Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakulteti shaxsiy tarkibi bilan bir qatorda, Qozogʻiston Respublikasi IIV Qaragʻandi akademiyasiga yuborilishi rejalashtirilayotgan kursantlar ham ishtirok etdilar. Akademik mobillik kursi doirasida, paritet asosida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari yaqin orada Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi akademiyasiga yuborilishi haqida kelishib olindi.

1705
Chop etish
Text to speech