Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan uning haykali poyiga gullar qo‘y…

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan uning haykali poyiga gullar qo‘yildi

9 fevral buyuk shoir, so‘z mulkining sultoni bobokalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan Universitet harbiy xizmatchi va kursantlari, keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, talabalar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida poytaxtimizning "Adiblar xiyoboni"dagi Alisher Navoiy haykali oldida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida Universitet harbiy xizmatchilari tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi. Adabiy-ma’rifiy tadbirda Universitet kursant va talabalari Navoiyning g‘azallari, ruboiylari bilan faol ishtirok etdi.

833
Chop etish
Text to speech