1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri tashkil etildi

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri tashkil etildi

Bugun 2026/2027-o‘quv yilida universitetga umumfuqaroviy asoslarda o‘qishga tavsiya etilgan talabalar munosib kutib olinib, talabalar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet boshlig‘i o‘rinbosarlari, Maxsus fakultet shaxsiy tarkibi ishtirok etib, yig‘ilganlarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va o‘quv-uslubiy ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, talabalar va ota-onalarning savollariga javob qaytarildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar e’tiboriga universitet va maxsus fakultet  faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi.

Ma’lumot uchun 2026/2027-o‘quv yilida yurisprudensiya, iqtisodiyot va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi va kechki shakllariga jami 248 nafar talabalar qabul qilingan bo‘lib, undan 23 ta nafari davlat granti va 225 nafari to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishi belgilangan.

 

Talabalikka qabul qilingan barcha talabalarni universitet rahbariyati nomidan samimiy tabriklaymiz. 

4665
Chop etish
Text to speech