Kecha, 1-mart kuni xalqimizning suyukli shoirasi, mehr-u muhabbat hamda sadoqat kuychisi o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan Jamoat xavfsizligi universiteti 4-kursantlar batalyoni shaxsiy tarkibi 4-kursantlar batalyoni komandiri o‘rinbosari mayor G‘.K.Maxammadiyev boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan Adiblar hiyobonida shoiraning siymosi aks ettirilgan xaykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirdi. Adiblar hiyobonida qad rostlagan Zulfiyaxonim monumentiga gullar qo‘yildi va u yerda shoiraning hayoti va ijodi, uning qalamiga mansub she’rlar kursantlar tomonidan aytilgan bo‘lsa Universitet “Alvon beretlar” ansambl jamoasi tomonidan shoiraning she’rlari kuyga solinib ijro etildi.