Jamoat xavfsizligi universiteti kurashchilar Milliy gvardiya birinchiligida sovrinli o‘rin…

Jamoat xavfsizligi universiteti kurashchilar Milliy gvardiya birinchiligida sovrinli o‘rinlarni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2025 yil uchun jismoniy tayyorgarlik va ommaviy-sport tadbirlari rejasiga asosan 2025 yil 18-21 sentabr kunlari Buxoro shahrida kurash bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi kapitan Bo‘riboev Doniyor Baxtiyor o‘g‘li murabbiyligida Jamoat xavfsizligi universitetining kurash sporti terma jamoasi faol qatnashib, kursantlar 60 kg vazn toifasida Eldor Xasanboev va Azamat G‘offorov 3-o‘rinni, 81 kg vazn toifasida Jaxongir Fayzullaev 3-o‘rinni, 66 kg vazn toifasida Sardor Xasanboev 2-o‘rinni, 90 kg vazn toifasida Xumoyun Eshonqulov fahrli 1-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

1052
Chop etish
Text to speech