Konstitutsiya bilimdoni

Konstitutsiya bilimdoni

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi Farmoyishi asosida tasdiqlangan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-umumiy o‘rta maktabda “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual tanlovi shaklida o‘tkazildi. Test va savol-javob shartlari asosida o‘tkazilgan tanlovda Olmazor tumanidagi 15 va 234-umumiy o‘rta maktab o‘quvchilaridan iborat 4 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Intellektual tanlovda “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi va “Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura tinglovchilari, 15 va 234-umumiy o‘rta maktab o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi. Shiddatli va o‘zaro raqobat muhitida kechgan tanlovda 234-umumiy o‘rta maktabning “Yurist” va “Huquq bilimdoni” jamoalari uchinchi hamda ikkinchi o‘rinlarni, 15-umumiy o‘rta maktabning “Adolat” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq ishtirokchi jamoalardan Jahongir Ilyosov “Eng zukko o‘quvchi”, Umar Mardonqulov “Eng faol o‘quvchi”, Mohira Dilshodova “Eng kreyativ fikrlovchi o‘quvchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

1766
Chop etish
Text to speech