Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlarini ri…

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlarini rivojlantirishning samarali…

2025-yil 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlarini rivojlantirishning samarali metodlari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, yuqorida keltirilgan muammolarni nazariy va amaliy tadqiq qilish, haydovchilarni tayyorlash tizimida samarali usullarni qo‘llash, yoshlarning yo‘l harakati qoidalariga oid huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish kabi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan. Shuningdek, mavjud muammolarni yechishda ilmiy va amaliy yondoshish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sohadagi mavjud muammolar bo‘yicha yechim va takliflar ishlab chiqishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, “TRANSKASB” korxonalar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institut mutaxassislari bevosita o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

563
Chop etish
Text to speech