JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH – JAMIYAT RAVNAQINING GAROVIDIR

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH – JAMIYAT RAVNAQINING GAROVIDIR

Jamoat xavfsizligi – davlat va jamiyat barqarorligini ta’minlashning eng muhim ustunlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ijtimoiy-huquqiy jihatlan qo‘llab quvvatlash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohatlarning mantiqiy davomi sifatida 2025-yil 29-sentabr kuni Unviversitet “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Jamoat xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy-huquqiy takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Konferensiyada jamoat xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, huquqiy asoslarni mustahkamlash, amaldagi qonunchilikni xalqaro standartlarga mos holda yangilash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish: mahalla instituti, fuqarolik jamiyati tuzilmalari va davlat organlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, axborot texnologiyalaridan foydalanish: raqamli xavfsizlik tizimlarini joriy qilish, intellektual nazorat vositalari orqali huquqbuzarliklarga tezkor ta’sir ko‘rsatish, kadrlar salohiyatini oshirish: jamoat xavfsizligi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish. Konferensiyada davomida ma’ruzachilar tomonidan Jamaot xavfsizligini ijtimoiy-huquqiy takomillashtirishda qonunchilik amaliyoti, Jamaot xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jamaot xavfsizligini ijtimoiy-huquqiy takomillashtirishda aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan nutq so‘zladilar va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Shuningdek tadbirda, Jamoat xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy-huquqiy takomillashtirish, inson manfaatlariga xizmat qiladigan eng samarali tizimni yaratish, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonidagi istiqbolli vazifalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Hamda konferensiya natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqilib vakolatli organlarga yuborish masalasi kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

1024
Chop etish
Text to speech