Toshkent tumanida ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” doirasi ilmiy…

Toshkent tumanida ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” doirasi ilmiy yondashuv asosida amalga…

Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi-PQ-1-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18 avgustdagi PQ-253-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar KONSEPSIYASI ijrosi bo‘yicha Toshkent tumanidagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan qizil toifadagi "Oqibat" mahallasida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Tumandagi kreminogen vaziyat murakkab mahallarni jinoyatchilikdan holi xududga aylantirish maqsadida mutasaddi shaxslarni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita  joylarga chiqqan xolda o‘rganish orqali ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib 4-chorak uchun "Yo‘l xarita"lariga kiritilmoqda!  Shu bilan bir qatorda, tuman xududidagi bozorlar va savdo markazlarida xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarning samarali xizmat o‘tashi va jinoyatchilikka qarshi kurashishini yuzasidan amaliy takliflar tayyorlanmoqda. Shuningdek,  tuman xududida “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” tadbiri doirasida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan tungi xizmat oldi yo‘riqnomalarda ishtirok etgan xolda mazkur tadbirni samarali tashkil etish yuzasidan amaliyotchi hodimlarga ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilmoqda.

744
Chop etish
Text to speech