“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha test sinovlari asosida olimpiada o‘tkazildi

“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha test sinovlari asosida olimpiada o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan joriy yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari talaba-kursantlari o‘rtasida “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha test sinovlari asosida olimpiada o‘tkazildi. O‘tkazilgan fan olimpiadasida 10 ta oliy ta’lim muassasasidan 40 ga yaqin talaba, kursant va tinglovchilar ishtirok etishdi. Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad talaba va kursantlarning bilimlarini sinash, o‘zaro bilim va tajribalarini almashish hisoblanadi. Mazkur olimpiadada mutloq g’olib Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Olimxo’ja Yunusxo’jayevga Nasib etdi. Shuningdek, olimpiada yakunida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash yakunida tashkilotchi va ishtirokchi ta’lim muassasalaridan mas’ul ilmiy rahbarlar so‘zga chiqishib olimpiada ko‘tarinki ruhda hayajonli va yuqori ilmiy saviyada tashkillashtirilganligini e’tirof etishdi. Bundan tashqari keyingi o‘tkaziladigan “Moliya” fanidan olimpiadadan estafetani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining bojxona instituti o‘z zimmasiga olib, qolgan ishtirokchilarni bellashuvga chaqirib qoldi.

951
Chop etish
Text to speech