Jamoat tartibini saqlashning dolzarb muammolari va ularning yechimlari

Jamoat tartibini saqlashning dolzarb muammolari va ularning yechimlari

Joriy yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Jamoat tartibini saqlashning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mudofa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktarantura izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Ushbu konferensiyani O‘zbekiston Resublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoninnig o‘rinbosari l.m.v.b. polkovnik Sormonkulov Atxam Raimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.   Ma’lumki, Respublikamizda so‘nggi yillarda harakatlar va taraqqiyot strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan tub isloxotlar natijasida jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jixatdan yangi tizimini yaratish borasida salmoqli ishlar qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023-yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan kengaytirilgan mamlakatimiz mudofaa sanoati majmuasini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognoz va monitoring qilish, avariya va texnogen halokatlarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ham dolzarb vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Majlisda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, qo‘shinlarning harbiy tayyorgarligini oshirish hamda  harbiy ilm-fanni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Oliy Bosh Qo‘mondon jangovar tayyorgarlik tizimini innovasion va ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, axborot almashinuvi va qarorlar qabul qilish bo‘yicha zamonaviy harbiy va ilmiy ishlanmalarni amalga keng joriy etish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bo‘lib qolishiga urg’u berildi. Yuzaga kelayotgan yangi tahdid va xavflarning oldini olish, ularga qarshi samarali kurashishi maqsadida jamoat tartibini saqlashning tashkiliy-huquqiy va boshqa jixatlarini kompleks takomillashtirib borish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Jumladan, 2021-yil 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 16-maqsadiga muvofiq “Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish” maqsad va vazifalarini amalga oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi muammolarning yechimini topish, olib borilayotgan ishlar asosida tajriba almashish hamda sohaga oid istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash konferensiyadan kutilgan natijalarni belgilaydi.

1101
Chop etish
Text to speech