“YURTNING HAR BIR FARZANDI-VATAN HIMOYACHISI”

“YURTNING HAR BIR FARZANDI-VATAN HIMOYACHISI”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondonining 2018-yil
 4-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-son qaroriga asosan haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Jamoat xavfsizligi universitetida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan “YURTNING HAR BIR FARZANDI-VATAN HIMOYACHISI” deb nomlangan bosh g‘oya ostida Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 144-maktabi hamda Jasorat maktabining о‘quvchi-yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

O‘quvchi-yoshlar Universitet kirish eshigi oldida Orkestr jamoasining jangovar musiqiy sadolari ostida kutib olinib, Universitet “Vatanpartlik markazi” muzeyiga universitet tarixi va bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, katta saf maydonida kursantlar ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi guruhi chiqishlari, Qurol bilan safona chiqishlar talabalar va o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, yoshlar e’tiboriga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar kо‘rgazmasi namoyish etilib, sayohat tashkillashtirildi.

               Tadbir yakunida tashrif buyuruvchilar universitetda yoshlarga yaratib berilgan qulayliklar va e’tiborni ko‘rib, kelgusida, aynan shu ta’lim dargohiga  o‘qishga topshirish niyati paydo bo‘lganini yashirishmadi.

              Yuqori saviyada o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”  mana shunday ajoyib va esda qolarli lahzalar bilan o‘z yakuniga yetdi.

1283
Chop etish
Text to speech