Bilim va malaka, iroda hamda qat’iyat – jangovar ruh asosi

Bilim va malaka, iroda hamda qat’iyat – jangovar ruh asosi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025/2026-o‘quv yili uchun metodik ishlar rejasiga muvofiq “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

 Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti “Milliy iftihor va harbiy vatanparvarlik” kafedrasi sikl boshlig‘i, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nurullayev Atxam Axmadovich ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mahorat darsida zamonaviy harbiy harakatlar faqat qurol bilan emas, balki axborot, psixologik va mafkuraviy ta’sir vositalari orqali ham olib borilayotganligi alohida qayd etildi. Harbiy xizmatchilar axloqiy-tayyorgarligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar amaliy misollar bilan atroflicha tushuntirib berildi.

Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kursant va tinglovchilari uchun tashkil etilgan mahorat darsi savol-javobga boy tarzda o‘tganligi bilan yorqin taassurot qoldirdi.

9772
Chop etish
Text to speech