Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya - illat. Hattoki, jamiyat hayotiga xavf soladigan og’ir jinoyat hisoblanadi. Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan eng asosiy global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladigan salbiy illatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy oldi. Bugun har bir jabhada ushbu og’ir “jinoyat”ning ko’plab uchrayotganiga va uning yomon oqibatlariga guvoh bo’lyapmiz. Ushbu og`ir holatning yechimi sifatida, eng avvalo, qaysi sohada faoliyat yuritmasin davlat xizmatiga professional va halol kadrlarni tanlash, ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o’tkazish, yangi islohotlarda xalqimiz fikrini inobatga olish, nafaqat davlat, balki har bir yurtdoshimiz bu illatga qarshi kurashishda yakdil bo’lsa, albatta ko’zlangan maqsadga erisha olamiz. Hashamatlardan voz kechish, noqonuniy boylik orttirish holatlarini oldini olish bo’yicha qonun ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti”ni jorish etish bosqichlari amalda joriy etilmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti”ni jorish etish bosqichlari amalga tadbiq etilmoqda. “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazuvchi subyektlar, shuningdek korrupsiyaga qarshi ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish tartibi hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar tartibga solinmoqda. Sohada davlat siyosati izchilligini taʼminlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 — 2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilinib, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar ro‘yxati 35 tadan 40 taga kengaytirildi. Bundan keyin ham qonunlarni korrupsiyaga qarshi kurashish ekspertizasidan o’tkazish vazifasi belgilandi. Buni amalga oshirish uchun o’nlab qonunlarni inventarizatsiyadan o’tkazish kerak bo’ladi. Masalan, “Davlat xaridlari to’g’risidagi qonun”, Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi qonun”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun”lar jumlasidandir. Ayniqsa bugungi shiddatli davrda korrupsiyaning raqamli turlari ham uchrayotgani, ushbu kiberkorrupsiyalarga qarshi kurashadigan yangi avlod kadrlarini yetishtirishni, ta’limning eng quyi bo’g’inidan boshlab yosh avlodga bu kabi illatlarning oqibatlari haqida “Tarbiya” fanlari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni zamonning o’zi talab qilmoqda. Sud ishiga aralashish, advokaltar faoliyatiga to’sqinlik qilish holatlarini bartaraf etish bo’yicha ham kerakli tartiblar o’rnatiladi. Bu sayi-harakatlarning barchasi xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz osoyishtaligi, bir so’z bilan aytganda yangi taraqqiyot bosqichiga qo’yiladigan ulkan qadam bo’ladi.

 

Luqmonbek Eshmamatov, AQSH Penselvaniya shtati, Penn State Law universiteti magistranti

 

1212
Chop etish
Text to speech