MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI

Joriy yilning 9-yanvar kuni Universitet “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kefedrasi katta o‘qituvchisi Muhamedov Ulug‘bek Tashpulatovich tashabbusi bilan bakalavriyat fakulteti 393-guruh hamda 134-guruhlariga O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va personallashtirish departament bo‘lim boshlig‘i  podpolkovnik Fazliddin Usmonov tomonidan “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi manfaatdor vazirlik, idora va Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlik” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsidan ko‘zlangan maqsad migratsiya  jarayonlarida xodimlar tomonidan ish olib borish tartibi, fuqarolikni rasmiylashtirishda idoralararo o‘zaro hamkorlik, amaldagi qonunchilikni bir xil va to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek sohada uchrayotgan muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilindi. Mashg‘ulot davomida kursantlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi. Mashg‘ulot yakunida  migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, mas’ul xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘ycha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

2746
Chop etish
Text to speech