Joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik sohada sun’iy intellektni qo‘llash istiqbollari” mavzusida respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilib, unda Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti talabalari ham maqolalar bilan faol ishtirok etishdi. Jumladan, universitet 2-bosqich talabasi Madina Ismatullayeva konferensiyada “Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi va “Eng ilg‘or ilmiy tadqiqot” nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Konferensiya yakunida talabalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.