Chirchiq shahri bo‘ylab o‘tkazilgan uchrashuvlar

Chirchiq shahri bo‘ylab o‘tkazilgan uchrashuvlar

Avval ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi Farmoyishi asosida tasdiqlangan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ham bunday tadbirlar ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etish bilan birga, mazkur tadbirlar qamrovini kengaytirishga harakat qilinmoqda. Xususan, ana shunday tashabbuslarning navbatdagisi Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Chirchiq shahridagi  13, 14, 15 va 24-umumiy o‘rta maktablar va Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan uchrashuvlar va tanlovlar tashkil etildi. Chirchiq shahridagi  13, 14, 15 va 24-umumiy o‘rta maktablar о‘quvchilari bilan о‘tkazilgan uchrashuvlarda Konstitusiyamizning mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy hayotimizda tutgan о‘rni hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Bitiruvchi sinf о‘quvchilariga Jamoat xavfsizligi universiteti va unga о‘qishga kirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. Mazkur maktablarda о‘quvchi-yoshlarning kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va tо‘garaklar faoliyati о‘rganilib, ularga zaruriy taklif-tavsiyalar berildi. Chirchiq pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari о‘tkazilgan uchrashuv Konstitusiyamizda bola huquqlarini tо‘laqonli ta’minlash bо‘yicha kiritilgan normalar mazmun-mohiyati, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlaridan talab etiladigan kasbiy sifatlar yuzasidan jonli muloqot shaklida kechdi. Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari Chirchiq pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari о‘rtasida Konstitusiya bayrami munosabati bilan tashkil etilgan gimnastrada musobaqasida mehmon sifatida ishtirok etib, jamoalarning chiqishlariga о‘zlarining holisona baholarini berishdi. Chirchiq shahrida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oya asosida о‘tkazilgan uchrashuvlar Jamoat xavfsizligi universitetida о‘qish istagini bildirgan yoshlar sonining yanada ortganligi, ularning Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitusiyamiz mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarining yanada ortganligi bilan ahamiyatli bо‘ldi.

1658
Chop etish
Text to speech