Joriy yilning 30-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademaiyasida kursantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning nazariya bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Oliy matematika” va “Fizika” fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va talabalar jamoasi, jumladan, 113-guruh kursantlari F.Anvarov va D.Erkaboyevlar fizika fani hamda 206-guruh talabasi S.Jumayev va 106-guruh talabasi A.Ikromovlar oliy matematika fan i bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi.