2024-yil 9-fevral kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Milliy gvardiyasi faoliyatini psixologik ta’minlash markazi bilan hamkorlikda “Milliy gvardiya tizimlarida, xususan ta’lim muassasalarida psixologik ta’minlash ishlarini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1. Milliy gvardiya faoliyatini psixologik ta’minlashning muammolari va ularning yechimlari;
2. Oliy harbiy ta’lim muassasalari va harbiy qismlarda psixologik xizmatni tashkil etishga zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyot;
3. Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida psixologik xizmatni takomillashtirish istiqbollari;
4. “Harbiy xizmatchilar bilan psixologik ishlarni amalga oshirish: buguni va ertasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini psixologik ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish
Konferensiya ishida professor-o‘qituvchilar, psixolog-mutaxassislar, harbiy xizmatchilar, amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talaba, kursant va tinglovchilar qatnashishlari mumkin.
Konferensiyada ishtirok etish uchun tezis va maqolalar 2024-yil 25-fevralga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun: Isakov Sanjar Xazratkulovich telefon raqami +998935467787 (telegram), Ikmatullayev G‘ayrat Zokirovich telefon raqami +998935644111 (telegram).
Onlayn qatnashish uchun:
Konferensiya identifikatori: 874 4016 3717
Kirish kodi: 174647