Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari oʻrtasida ilk marotaba “Uchuvc…

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari oʻrtasida ilk marotaba “Uchuvchisiz uchish apparatlari …

Yoshlar orasida katta qiziqish uyg’otgan ushbu tadbir tantanali orkestr sadolari ostida boshlandi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda uchuvchisiz uchadigan uchish apparatlari boʻlmish dronlar nafaqat qurolli kuchlar tizimiga, televidenie, tasvirga olish va boshqa sohalarga ham kirib kelmoqda. Musobaqada faqat tugmachani bosib, apparatni havoga koʻtarish emas, yana sakkiz murakkab boskichda harakatlanish sharti qoʻyildi. Bu esa ishtirokchidan alohida bilim va koʻnikma talab etadi. Qolaversa, dron uchirish bellashuvlari bugungi kunda shunchaki, ishqibozlik bosqichidan oʻtib, alohida sport turi sifatida tan olinmoqda. Musobaqada bo’lajak Milliy gvardiya ofitserlari tor oraliqlardan ham uchuvchisiz uchuv apparatlarini mahorat bilan o’tkazishdi. Bunda ihar bir ishtirokchi tezligi 160 km/soatgacha chiqadigan dronlarning betalofat oʻtishi uchun alohida bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi kerak. Hamma bosqichdan ortda qolgach ishtirokchi dronni yana belgilangan nuqtaga aniq qoʻndirishi kerak. Demak, dron musobaqalari Yetuk mutaxassislar tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, bugun dunyoda Fransiya, Buyuk britaniya, AQSh, Avstraliya singari ilgʻor mamlakatlarda xalqaro dron musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda. Qizgʻin baxslar ostida kechgan Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqa yakuniga ko’ra g’olib bo’lgan ishtirokchilar kubok va diplom bilan taqdirlandilar. Jamoat xavfsizligi universitetida ilk marotaba o’tkazilgan bu kabi Dron musobaqalari yoshlar iqtidorini yuzaga chiqarish bilan cheklanmay, balki, ularga dunyo yoshlari bilan raqobat qila olish imkonini beradi.

887
Chop etish
Text to speech