JANGOVAR VAZIYATLARDA AXLOQIY-RUHIY TA’MINOT

JANGOVAR VAZIYATLARDA AXLOQIY-RUHIY TA’MINOT

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025/2026-o‘quv yili uchun metodik ishlar rejasiga muvofiq “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Jangovar xizmatni axloqiy-ruhiy ta’minlash yо‘nalishlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport akademiyasi amaliyotchi psixologi, iste’fodagi podpolkovnik Ravshanov Sherzod Taxirovich shaxsiy tarkibni xizmatga (jangovar harakatlarga) tayyorlashning ham nazariy va amaliy jihatlarini, jangovar vazifalarni bajarishning psixologik o‘ziga xosligini yoritib berdi.

“Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi Bakalavriat va Maxsus fakultet kursant-tinglovchilari, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura tinglovchilari qatnashgan mahorat darsi interfaol usullardan samarali foydalanilganligi hamda savol-javoblarga boy tarzda o‘tganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

Amaliy mashg‘ulotda esa “Jangovar xizmatni axloqiy-ruhiy ta’minlash yо‘nalishlari”da shaxsiy tarkibni xizmatga (jangovar harakatlarga) tayyorlashning usullari va e’tiborli jihatlarini 4-bosqich kursantlarining bevosita ishtirokida kо‘rsatib berdi.

1407
Chop etish
Text to speech