Mazkur tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy mehmonlar, soha ekspertlari hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqalar keskin raqobat va professional muhitda o‘tkazildi. Xususan, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari, magistrlari va kursantlari faol ishtirok etib, “Dron loyihalash” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bundan tashqari ixtirochilik va innovatsion ishlanmalar bilan ham faol ishtirok etdilar.
“Oliygoh kubogi” doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tantanali ravishda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish hamda real loyihalar ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.