O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 27-avgust kuni “Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari ” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyaning bosh maqsadi sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, ularni turli sohalarga keng joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish, raqamli yechimlar asosida boshqaruv va ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy fikr almashishdan iboratdir.
Tadbirda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdilar.
Muhokama davomida quyidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
- Sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi rivojlanish darajasi va kelgusidagi imkoniyatlari;
- Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlari;
- Sun’iy intellektdan davlat boshqaruvi, ta’lim, iqtisodiyot va boshqa sohalarda foydalanish samaradorligi;
- Big Data, mashinali o‘qitish va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish texnologiyalarining amaliy ahamiyati;
- Raqamli muhitda axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavflarga qarshi kurashish masalalari;
- Sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning yangi usullari;
- Mahalliy innovatsion loyihalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish istiqbollari;
- Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha bir qator muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi:
- Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish;
- Zamonaviy raqamli platformalar va sun’iy intellekt asosidagi dasturiy yechimlarni amaliy faoliyatga joriy etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
- Ilmiy muassasalar, ta’lim tashkilotlari, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
- Yosh tadqiqotchilar, talabalar va innovatorlarning raqamli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qulay ilmiy-innovatsion muhit yaratish;
- Sun’iy intellektdan foydalanishda axborot xavfsizligi, ma’lumotlarning ishonchliligi va mas’uliyatli texnologik yondashuv tamoyillarini rivojlantirish.
Mazkur konferensiya sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning yangi imkoniyatlarini muhokama qilish, ilmiy g‘oyalar va amaliy tajribalarni birlashtirish hamda raqamli taraqqiyotning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.