O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025 yil 30 oktabr sanasida Tab…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025 yil 30 oktabr sanasida Tabiiy fanlar” kafedrasi tom…

Mazkur konferensiya “O‘zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish, yangilash shuningdek, 17 ta konsepsiya vazifalarini sifatli ishlab chiqish Respublikamizdagi vazirlik va idoralar tomonidan qizg‘in o‘rganib chiqib, tizimli takliflar tayyorlanayotgan vaqtda o‘tganligi diqqatga sazovordir.

         Konferensiya ishi davomida oliy ta’lim tizimida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Oliy ta’lim tizimini  rivojlantirish” konsepsiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilganlik holati, yutuqlar, kelgusida amalga oshirishi zarur bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

         Jamoat xavfsizligi universitetida konsepsiyada belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar qatorida ayrim ko‘rsatkichlariga alohida urg‘u berildi, ular qatorida konsepsiyada joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 60 foizni 2030 yilda 70 foizni tashkil etishi belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich universitetda hozirgi kunda 80 foizga yaqindir.

         Zamonaviy moddiy-texnik baza, hozirgi kun talablariga javob beradigan o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan me’yoriy huquqiy hujjatlar, yangi avlod o‘quv adabiyotlari shakllantirilganligi qayd etildi. Shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yuksaltirish haqida atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

         Yig‘ilish qatnashchilari bilan SCOPUS bazasida ilmiy maqolalar chop etish yuzasidan amaliy tavsiyalar, dunyoning eng nufuzli 10 dan ortiq ilmiy jurnallari talablari asosida maqolalarni shakllantirish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar va muhokamalar o‘tkazildi. Mazkur ilmiy jurnallar tahririyati ularning talablari haqida batafsil ma’lumotlar yuzasidan “Tabiiy fanlar” kafedrasi universitet ilmiy tadqiqotchilariga amaliy yordam ko‘rsatish haqida imkoniyatlar haqida aytib o‘tildi.

         “Differensial o‘yinlar nazariyasi” va uning tadbiqlari sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan bog‘liq jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga tadbiqlari to‘g‘risida fikr almashildi.

         Konferensiya yakunida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar qabul qilindi.

Konferensiya materiallai ilmiy maqolalar to‘plamida nashr etiladi.

1180
Chop etish
Text to speech