“Ochiq eshiklar kuni”

“Ochiq eshiklar kuni”

Universitetda “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” mavzusida Toshkent shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Texnika universitetidan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin talaba va yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tashrif buyurgan talabalar Universitet kirish eshigida Harbiy Orkestr jamoasining jangovar musiqiy sadolari ostida kutib olinib, Universitet katta saf maydoni uzra jangovar texnikalar, qurol-aslaxalar ko‘rgazmasi tomon taklif etildi. Unda yoshlar - harbiy akalarining faoliyatida foydalanadigan jangovar harbiy texnika va qurol-aslaxalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun kerakli va qimmatli ma’lumotlarni oldilar. Shundan so‘ng, saf maydoni markazida universitet kursantlari ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi jamoasining jangovar chiqishlari, Qurol bilan safona chiqishlar tashrif buyurgan barcha talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

1036
Chop etish
Text to speech