“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bilan axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘…

“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bilan axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ–5215-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yil uchun “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlar bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar, to‘garak darslari, davra suhbatlari hamda fan musobaqalari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu asosda, 2025-yil 22-oktabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Kompyuter texnikasida ofis ilovalari bilan tanishuv” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mazkur amaliy mashg‘ulotini Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamilov Mahmudjon Abduqaxorovich olib bordi. Mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilar kompyuter texnikasining asosiy qismlari, ofis dasturlarining imkoniyatlari va ularning kundalik hayotdagi qo‘llanilishi bilan amaliy tarzda tanishdilar.

1356
Chop etish
Text to speech