QUROLLI KUCHLAR TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

QUROLLI KUCHLAR TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2025-yil 26-sentabr kuni “Qurolli kuchlar tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi Qurolli Kuchlar tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribalarni almashishdan iboratdir.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va kursantlar ishtirok etdilar.

Muhokama qilingan asosiy masalalar:

  • Qurolli Kuchlarda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning hozirgi holati va istiqbollari;
  • Raqamli transformatsiya jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlari;
  • Harbiy boshqaruvda sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari;
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash va kiberxavflarning oldini olish mexanizmlari;
  • Harbiy ta’limda raqamli tendensiyalar va malaka oshirishning zamonaviy yondashuvlari;
  • Mudofaa sohasida innovatsion startaplar va ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish yo‘llari;
  • Xalqaro tajribani o‘rganish va milliy mudofaa tizimiga moslashtirish masalalari.

Konferensiya yakunida ilgari surilgan takliflar:

  • Qurolli Kuchlarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan konseptual yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
  • Yangi loyihalar, dasturiy mahsulotlar va innovatsion ishlanmalarni harbiy amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini belgilash;
  • Ilm-fan, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish;
  • Yosh olimlar va kursantlar uchun ilmiy hamkorlik hamda innovatsion muhitni shakllantirish.

 

 

729
Chop etish
Text to speech