SENATNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK MASALALARI QO‘MITASI MAJLISIDA BIR QATOR MUHIM QONUNLAR DA…

SENATNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK MASALALARI QO‘MITASI MAJLISIDA BIR QATOR MUHIM QONUNLAR DASTLABKI TARZDA KO‘RIB CHI…

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ,“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun hamda Qo‘mita majlisida kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari yuzasidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha IIV Akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbarlarining axborotlari ham eshitildi. So‘zga chiqqanlar kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar konsepsiyasi tasdiqlanib, kriminogen vaziyati bo‘yicha “qizil” toifada turgan mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning asl omillarini tizimli ravishda ilmiy yondashgan holda taʼlim muassasalari tomonidan o‘rganib borish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilganini taʼkidlab o‘tdi.

Muhokama yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

1211
Chop etish
Text to speech