2025/2026 oʻquv yilida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy ruhda hamda jismoniy sogʻlom etib tarbiyash boʻyicha HAMKORLIK-REJASIga muvofiq sportning “Stol tennisi” turi boʻyicha joriy yilning 28-mart kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida OHTM birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqa baxslarga boy va kuchli raqobat ostida ikki yoʻnalishda yakkalik va juftliklarda olib borildi. Musobaqa yakuniga koʻra Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi ham faol ishtirok etib juftlik baxslarida kursantlar L.A.Safaraliyev hamda M.A.Xakimovlar faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan boʻlsada, umumjamoa hisobida ham faxrli uchinchi oʻrinni band qilishdi. Sovrindor sportchilarga diplom va medal jamoaga esa kubok topshirildi. Jamoa murabbiyi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi oʻqituvchisi kapitan M.M.Oʻrolov.