Teatr – ibrat maskani.

Teatr – ibrat maskani.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Madaniyat vazirligi о‘rtasidagi 2023-yil 19-dekabr kunidagi 34/01-18/01-11-son qо‘shma qarorining 2-ilovasiga binoan teatr kunlari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yilning 26-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat Drama teatri aktyor va aktrisalari tomonidan universitet Ma'naviyat va ma'rifat markazida buyuk adibimiz, Oʻzbekiston qahramoni Abdulla Oripov hayotiga bagʻishlangan “Yillar armoni” nomli spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi. Mazkur spektaklda buyuk shoir hayotida boshidan kechirgan achchiq xotiralar, mashaqqatli davrlar hamda shunday qiyin pallalarda ham o‘z maqsadidan qaytmasdan doimo yahshi umid bilan olg‘a iltilish, ishonch bilan hayotda yashash lozimligi va buning natijasida yashab turgan olamda buyuklik pog‘onasiga chiqish haqida mazmunga boy obrazlar bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ushbu teatr sahnasida ijro etilgan sahna koʻrinishlari barcha harbiy xizmatchilar uchun mazmunli hordiq berish bilan bir qatorda, chinakam maʼnaviy ozuqa ulashdi.

1486
Chop etish
Text to speech