O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETINING “IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI …

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETINING “IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI TOMONIDAN RESPUBLIKA ILMI…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2025 yil 27 avgust kuni “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig’i o‘rinbosari yuridik fanlari doktori, podpolkovnik Karimov Oybek Turg’unovich kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirda O’zbekiston “Olima ayollar” uyushmasi raisi, O’zbekiston Milliy universiteti professori Murtazayeva Rahbar Hamidovna, O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professori Valiyev Bobur Batirovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish” kafedrasi dotsenti Shayusupova Lobar Rixsiyevna, Qurolli kuchlar akademiyasi kafedra vakili polkovnik Abdullayev Rashid Egamberdiyevich o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanisi, nazariy, huquqiy va strategik asoslari, global va milliy oziq-ovqat xavfsizligi strategiyalari, iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat sanoati va innovatsiyalar, ijtimoiy himoya va kambag’alikka qarshi kurashda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi. Anjumanda universitet shaxsiy tarkibi, professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari, kursantlar ishtirok etdilar. Anjuman qizg’in savol-javoblar va muhokamalarga boy bo’ldi.

983
Chop etish
Text to speech