Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Zangiota tumanida Prezi…

Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Zangiota tumanida Prezident qarori ijrosi ta’min…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida jinoyatchilik tahlili bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda ilmiy yondashuv asosida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritalari ijrosi va kelgusida belgilangan vazifalar hamda mahallalarda kriminogen vaziyatga ta’sir qilayotgan asl omillarni aniqlash, jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlarini har bir mahalla hududiga bevosita chiqqan holda o‘rganilib, ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda manzilli ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

 

 

1338
Chop etish
Text to speech