“Ranglarda aks etgan Vatan bayrog‘i”

“Ranglarda aks etgan Vatan bayrog‘i”

18-noyabr “Davlatimiz bayrog‘i tashkil etilgan kun” munosabati bilan Universitet kursantlari hamda muddatli harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Ranglarda aks etgan Vatan bayrog‘i” mavzusida rassomchilik musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur madaniy musobaqa harbiy xizmatchilar o‘rtasida nafaqat iqtidor sohiblarini saralab olish, balki, ularning ruhiyatini barqarorlashtirish hamda xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga turtki bo‘lishi shubhasizdir.

Mazkur musobaqa yakunida universitet kursantlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Muddatli harbiy xizmaatchilar ham faxrli o‘rinlarni egallab, universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

1313
Chop etish
Text to speech