О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet tomonidan 400 dona Sasna, 500 dona Chinor, 100 dona Hindiston Sireni, 3000 dona Atirgul, 4000 dona Kashtan urug‘i, 500 dona Chinor urug‘i, 500 dona Kleon urug‘i ekildi.
Xomiylik asosida esa, 350 dona Dub darahti, 61 dona Lola darahti, 133 dona Beryoza, 10 dona Ginko darahtlari hamda 100 dona Hindiston Sireni ekildi.
Ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi chinakam xalq va armiya harakatiga aylandi.
Bahor va kuz fasllarida daraxt va gul kо‘chatlarini ekish an’anaga tusiga aylanib, bu galgi loyiha doirasidagi tadbir “Yangi Oʻzbekistonni – yashil makonga aylantiraylik!” shiorida amalga oshirildi.
Umummilliy loyiha doirasidagi kо‘chat ekish, bog‘ va gulzorlar yaratish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan jonkuyar harbiy xizmatchilarni universitet rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganligi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining universitetdagi ahamiyati qay daajada yuqori ekanligidan yorqin misol bo‘la oladi.