Ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va natijadorligi – asosiy maqsad

Ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va natijadorligi – asosiy maqsad

2025-yilning 30-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan Pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha mustaqil tadqiqotchilarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha monitoring komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati, monitoring komissiyasi tarkibi, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti mas’ul ofitserlari, mustaqil tadqiqotchilar hamda “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari ishtirok etdilar.

Komissiya yig‘ilishini Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻining ilmiy ishlar va innovasiyalar boʻyicha oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori, professor, mayor Sh.X.Zulfiqarov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda tadqiqot ishlari sifati va ularning amaliy natijadorligiga qo‘yilayotgan talablarni batafsil tushuntirib berdi.  

Shundan so‘ng monitoring komissiyasi kotibi, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent M.L.Saipova tomonidan ilmiy darajalar berish hamda malakaviy imtihonlarni o‘tkazishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablarini yetkazdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan, ilmiy-tadqiqot faoliyatida muayyan natijalarga erishgan mustaqil tadqiqotchilar – G.X.Asqarova hamda M.R.Qiyomxo‘jayevalar amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan  taqdimot qildilar.

Yig‘ilish yakunida “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan mustaqil tadqiqotchilarning yakka tartibdagi ish rejasi asosida amalga oshirgan ishlari monitoringi o‘tkazildi hamda natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

1373
Chop etish
Text to speech