O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy ta…

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy ta’minlashning nazariyasi v…

Tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy ta’minlashning nazariy asoslarini tahlil qilish, amaliy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yil 19-noyabr kuni yuridik fanlar doktori, professor Yuriy Sayfiyevich Pulatovning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari va faxriylari hamda oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi DXX Akademiyasi, Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari, talabalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya quyidagi reja-senariy asosida o‘tkazildi:

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yuridik fanlar doktori, professor Rustambayev Mirzayusuf Xakimovich kirish so‘zi va yuridik fanlar doktori, professor Yuriy Sayfiyevich Pulatovning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tabrigi bilan ochib berdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori y.f.d., professor, polkovnik Matchanov Alimjan Atabayevich “Jinoyat qidiruv xizmatining kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzishga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati va kiberhuquq kafedrasi professori y.f.d., professor Vaxobjon Karimov “Tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishi muammolari” mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy taʼminot kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik Janiqulov Azizbek Bazarbayevich “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayri insoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash jinoyatini korrupsion jinoyatlar toifasiga kiritishning zarurati” mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi dotsenti y.f.b.f.d. (PhD) Jo‘rayev Javlon Ravshan o‘g‘li “Tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

Shuningdek, y.f.d., professor Yuriy Sayfiyevich Pulatovning 75 yillik yubileyi munsabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faxriysi Abzalov Erkin Mehmonovich, IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori y.f.d., professor, polkovnik Matchanov Alimjan Atabayevich, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faxriysi istefodagi polkovnik Muhammadqulov Shukrullo Nurullayevich, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati va kiberhuquq kafedrasi professori y.f.d., professor Karimov Vaxobjon, Jamoat xavfsizligi universiteti Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi professori y.f.d., professor – Universitet kasaba uyushmasi raisi Muhammadiev Ayub Abdurahmonovich, IIV Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi Tezkor qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili mayor Hasanov Oybek Toshpulatovich, Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy -huquqiy fanlar kafedrasi professori yu.f.d., professor – professor Yu.S.Pulatovning shogirdi Zakurlaev Abdumutal Karimovich, Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi boshlig‘i y.f.d., professor Nurmatov Mirg‘olib Mirzayevichlar o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyaning badiiy qismida professor Y.S.Pulatovning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi va Universitet Tarbiyaviy mafkuraviy ishlar bo‘limi katta ofitseri Sh.M.Muxammadxonov tomonidan “Ustozlar” qo‘shig‘i hamda Universitet Orkestri badiiy chiqishi namoyish etildi. Shuningdek, Universitet Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Sh.A.Baxtiyorov sheriy chiqish bilan ishtirok etdi.

2556
Chop etish
Text to speech