Kibersport bo‘yicha turnir yakunlandi!!!

Kibersport bo‘yicha turnir yakunlandi!!!

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan tashkil etilgan hamda uning O‘quv-uslubiy situatsion markazi bazasida o‘tkazilgan kiber sport bo‘yicha turnir (yo‘nalish – Counter Strike 2) yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida keskin va murosasiz kurash kechdi. Musobaqalar bir tomondan raqobatbardosh va shiddatli ruhda, ikkinchi tomondan esa mustahkam do‘stona muhitda o‘tdi.

Turnir g‘oliblarini taqdirlash jarayonida jamoalar asosiy sovrinlardan tashqari, musobaqa homiylari tomonidan qo‘shimcha rag‘batlantirildi.

Turnir yakunlariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

3-o‘rin –  Davlat xavfsizliga xizmati Akademiyasi jamoasi;

2-o‘rin – Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi;

1-o‘rin – Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi jamoasi.

3587
Chop etish
Text to speech