"Universitet boshlig'i va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

"Universitet boshlig'i va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 12 yanvar kunidagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida jamiyatimizda, yoshlarimiz orasida harbiy-vatanparvarlikni mustahkamlash, yoshlarni bandligini ta'minlash va ularni kasbga yoʻnaltirish kabi vazifalar belgilangan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida Namangan va Andijon viloyatlari uyushmagan yoshlari ishtirokida "Vatanning sodiq yoshlari" nomli oʼquv yigʼini boshlanganligi haqida xabar bergan edik. Navbatdagi o'quv yig'inlari avvalida Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig’i polkovnik M.X.Rustambayev boshchiligida "Universitet boshlig’i va yoshlar uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir ochiq va samimiy ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet boshlig’i tomonidan Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar va tayyorlanadigan mutaxassislik kasb yo‘nalishlari, shuningdek, universitet boshlig’i uchrashuvda o‘z hayot yo‘llari, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqatlari va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdilar. Kishi o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yo‘lda albatta unga muammolar uchrashi va bu muammolardan bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat bo‘lgulik hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi. Shu bilan birga, ayrim savollar yuzasidan universitet boshlig’i hamda mas'ul rahbarlar tomonidan yakka tartibdagi qabullar ham o'tkazildi. O'quv yig'inlari davomida universitet boshlig'i harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

925
Chop etish
Text to speech