Universitet sportchilaridan Milliy kurash bo'yicha yuqori o'rinlarni egallashdi

Universitet sportchilaridan Milliy kurash bo'yicha yuqori o'rinlarni egallashdi

Joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2025 yil uchun jismoniy tarbiya va ommaviy-sport tadbirlar rejasiga asosan Milliy kurash boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi oʻtkazildi. Birinchilikda universitet Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi kapitan Boʻriboyev Doniyor murabbiyligidagi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi faol ishtirok etib, kursantlar 60 kg vazn toifasida E.Xasanboyev, A.Gaffarov, 81 kg vazn toifasida J.Fayzullayevlar faxrli 3-oʻrinni, 66 kg vazn toifasida  S.Xasanboyev faxrli 2-oʻrinni egallagan bo'lsa, 90 kg vazn toifasida 1-oʻrinni X.Eshonqulov egalladi. Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

233
Chop etish
Text to speech