Universitet talabasi “Yurt faxri” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Universitet talabasi “Yurt faxri” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Shunday insonlar borki, u bilan nafaqat yaqinlari, mahalladoshlari, balki butun yurt faxrlanadi. Mamlakatimizda turli sohalarda fidoyilik koʻrsatib, jamiyat taraqqiyotiga samarali hissak qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizning sa'yi harakatlari davlatimiz va yurtdoshlarimiz tomonidan oʻz vaqtida munosib e'tirof etilmoqda. Xususan, Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida ana shunday fidoyi zamondoshlarimizdan bir guruhi “Yurt faxri” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining iqtidorli talabasi Sevinch Xotamboeva ham bor. Yurt faxriga aylangan talaba tanlovda ilmiy maqolalarining mazmundorligi bilan barchaning e'tiborini tortdi. Noyob iqtidor tufayli u ilmiy qarashlarini MDH miqyosidagi ilmiy jurnallar va toʻplamlarda chop etish imkoniga ega boʻldi. “Yurt faxri” koʻkrak nishoni bugun yosh, izlanuvchan ilm sohibasiga munosib koʻrk bagʻishlab turibdi.

346
Chop etish
Text to speech