Universitetda Olmazor va Uchtepa tumani yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tk…

Universitetda Olmazor va Uchtepa tumani yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi  

 

Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz yoshlarini komil inson, iqtidorli va sadoqatli farzand etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilib, bu sohada barcha vazirlik, idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirishga oid vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92 son qaror ijrosi doirasida joriy yilning 5-aprel kuni Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Toshkent shahri Olmazor hamda Uchtepa tumanlaridan Universitetga biriktirilgan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi. Yoshlar harbiy Orkestr jamoasi sadolari ostida kutib olindi, ularga Vatanparvarlik markazi hamda muzeyi, tarixi va bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Universitet kursantlari tomonidan namoyish etilgan qо‘l jangi va qurol bilan kо‘rgazmali saf guruhlarining chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

2345
Chop etish
Text to speech