Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati

Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan joriy yilning 13 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalar shaharchasida yoshlar uchun “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusida ma'rifiy-madaniy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda yoshlar e'tiboriga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi patrullik kovaleriya boʻlinmalaridagi otlar, yengil avtomobil va motosikllarning namoyishi, kursantlar tomonidan qurol bilan koʻrgazmali saf chiqishlari, qoʻl jangi boʻyicha jangovar chiqishlar, Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, Orkestr va “Alvon beretlar” badiiy jamoasi konsert dasturlari havola etildi.

1217
Chop etish
Text to speech