O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari va kursantlari bilan birgalikda Toshkent shaxri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi S.P. Malseva xonadoniga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida faxriyning holidan xabar olinib, samimiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, shuningdek, Mustaqillik yillarida erishilayotgan ulkan yutuqlar haqida fikr almashildi.
Mehnat va urush faxriylarining hayot yo‘li, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirgan fidokorona mehnati yosh avlod uchun muhim ibrat maktabi hisoblanadi.
Bunday tashriflar faxriylarni e’zozlash, ularning holidan muntazam xabar olish, hayotiy tajribasi va ibratli faoliyatini yoshlar qalbiga singdirish hamda avlodlar o‘rtasidagi hurmat va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, faxriylarimiz esa uning tarixiy xotirasi va ma’naviy tayanchidir.