Jangovar vaziyatlarda stressbardoshlilikni oshirish yo‘llari

Jangovar vaziyatlarda stressbardoshlilikni oshirish yo‘llari

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025/2026-o‘quv yili uchun metodik ishlar rejasiga muvofiq “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Harbiy boshqaruvda “psixologik shok” sindromi va profilaktikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport akademiyasi amaliyotchi psixologi, iste’fodagi podpolkovnik Sh.T. Ravshanov ishtirok etib, jangovar vaziyatlarda harbiy boshqaruv jarayonida bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkibning stressbardoshliligini oshirish yo‘llari, jangovar vazifalarni bajarishning psixologik o‘ziga xosligini nazariy va amaliy jihatdan yoritib berdi.

“Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi Bakalavriat va Maxsus fakultet kursant-tinglovchilari, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura tinglovchilari qatnashgan mahorat darsi interfaol usullardan samarali foydalanilganligi hamda savol-javoblarga boy tarzda o‘tganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

1603
Chop etish
Text to speech