O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"-2021 yil 15-apreldagi PQ-5077-son qaroriga asosan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari podpolkovniklar A.Abdullayev, J.J.O’rmonov, M.A.Kamilov, mayor N.M Qo’shayev ishtirokida Andijon viloyati, Andijon shahridagi Andijon IIV Akademik Litseyi o'quvchilari bilan “Xalq va armiya bir tanu-bir jon” shiori ostida Jamoat xavfsizligi univesitetiga kursantlar va talabalar safiga o'qishga kirishlari to'g'risida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda jami 180 nafar o‘quvchi qatnashdi.