ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN UNING HAYKALI POYIGA …

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN UNING HAYKALI POYIGA GULChAMBAR QOʻYILDI

Xabaraingiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini oʻrganish hamda yoshlar orasida keng targʻib qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga vazifa yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan shoh va shoir buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligini keng nishonlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan poytaxtimizning Adiblar hiyobonida Bobur haykali oldidan oʻrta asrlar muhitini beruvchi yuzlab tarixiy liboslarda hamda hozirgi davr milliy armiyamiz kuchini koʻrsatuvchi: Jamoat xavfsizligi universiteti ofiser va kursantlari Universitet otliq boʻlinmasi va belgilangan shaxsiy tarkib saf bilan oʻtdi. Shundan soʻng, Universitet rahbariyati tomonidan bayroqdor guruh hamrohligida turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, oʻzining ijodiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida oʻchmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga oʻz ehtiromlarini bildirgan holda uning haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.
Mazkur tadbirda Oliy harbiy ta'lim tinglovchilari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda Boburshunos olimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ma'ruzachilar tomonidan Boburning ilmiy-ma'naviy merosi, uning necha asrlarki xalqimiz yuragidan chuqur oʻrin olganligi, ma'naviy hayotimizdagi katta dasturil amal boʻlib kelayotganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, uning dunyo adabiyoti durdonasi hisoblangan “Boburnoma” asari oʻzida juda koʻp ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy masalalar, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuygʻularini oʻzida mujassam etganligi haqida yigʻilganlarga ta'kidlandi. Tadbir davomida Universitet kursantlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan badiiy sahna koʻrinishlari, kitoblar taqdimoti va adib ijodiga bagʻishlangan kuy va qo'shiqlar Universitet kursantlari tomonidan ijro etildi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Yoʻlbarsning tugʻilishi" nomli tarixiy badiiy film hamda “Yoʻlbars izidan” nomli tarixiy-hujjatli film Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda “Sintez” kinostudiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan edi. 

2297
Chop etish
Text to speech